Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.

Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.

Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.

Umumta’lim maktablariga joriy yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.

Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kuni kabi tadbirlar tashkil qilib, turli uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidladi.

2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi, ya’ni 60 foizdan ziyodi 10-sinfda o‘qishni davom ettirmoqda.

Yig‘ilishda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.

Ushbu maktablarning asosiy vazifasi etib yuqori malakali va bilimdon o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birga, chet tilini o‘qitishga ham usutvor ahamiyat qaratish zarurligi belgilangan. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda, 8-9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda umumta’lim maktablarida bitiruvchilarni 50 ga yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga, korxona-tashkilotlarga biriktiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, bunda rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarga alohida ahamiyat qaratish, test sinovlarining ochiqligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak samaralar bermoqda