Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari majlisni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Ularga kuzatuvchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ham qo‘shildi.

Ostona, 9-iyun. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif ishtirok etdi. Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Amanjol Janquliyev,  ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min ishtirok etdi.

O‘tgan  yillar davomida ShHT nufuzli davlatlararo tashkilot sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egalladi, ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangan edi.

Sammitda Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo sifatida qabul qilindi.

Hindiston va Pokistonning ShHT a’zosi maqomiga ega bo‘lishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.

ShHTga a’zo davlatlar xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga, axborot xavfsizligiga tahdid solayotgan xavflarga qarshi faol, izchil kurashmoqda. 

Sammit ishtirokchilari ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatiga oid axborotlarni tinglab, ularning faoliyatini ijobiy baholadi. Ushbu tuzilmalarga Tashkilot doirasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash borasida, xususan, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoat infratuzilmalarini modernizatsiyalash, sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, ishbilarmon doiralar va moliyaviy tuzilmalar o‘rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirish orqali amaliy ko‘mak berishga yo‘naltirilgan  faoliyatni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni faollashtirishni tavsiya etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida sammit ishtirokchilari e’tiborini Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash zarurligiga qaratib, u yerda sodir etilayotgan davomli teraktlar dunyoning barcha mamlakatlari uchun xavf solayotganini alohida ta’kidladi. Ushbu tahdidlarga hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirgan holda qarshi kurashish zarurligini qayd etdi.

Yoshlarni turli yot g‘oyalardan  asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida davlatlararo  hamkorlikning ahamiyati katta.

Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti ko‘magida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi, dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida transport-kommunikatsiya sohasini jadal rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.  

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi mamlakatimizning jahon bozoriga chiqishida alohida ahamiyatga ega. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHT davlatlari temir yo‘l sohasi rahbarlarining  uchrashuvlarini tashkil qilish zarurligini ta’kidladi.

ShHTning doimiy faoliyat yurituvchi xalq diplomatiyasi markazini  tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga o‘tdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ShHTning Ostona sammiti