Toshkent shahrida 2017-yil 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Mami, Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi raisi A.Tokbayeva, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi raisi V.Lebedev, Tojikiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.Shohiyon, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov, Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq sudi raisi o‘rinbosari D.Vanxua, Pokiston Islom Respublikasi Oliy sudi katta sudyasi G.Ahmad, Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Kumar, shuningdek, ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari S.Imandosov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori o‘rinbosari A.Mukashev ishtirok etdi.

Tadbirda ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining qonun ustuvorligi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ushbu sohada tajriba almashish borasidagi hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, investitsiyalarni himoya qilishning institutsional mexanizmlari, bu sohadagi nizolarni hal etishga qaratilgan qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish masalasi atroflicha muhokama etildi.

Bundan tashqari, ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining jinoiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirishga kelishib olgani jinoyatchilikka qarshi kurashni yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Majlisda yoshlarni terroristik va ekstremistik guruhlarga jalb etish urinishlariga qarshi kurashish amaliyoti to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida xalqaro jamoatchilik e’tiborini ushbu dolzarb muammoga qaratdi. Yig‘ilishda tomonlar bu boradagi o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etdi.

Tadbir ishtirokchilari 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilishni takomillashtirishga qaratilgan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari ijrosi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Tomonlar ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish ishonch, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro anglashuv, ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlarning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma hamda Shanxay hamkorlik tashkilotini 2025-yilgacha rivojlantirish Strategiyasiga muvofiq mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari asosida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi birgalikdagi faoliyatni yanada takomillashtirish, adolat, qonuniylik va huquq tartibotini mustahkamlashga xizmat qilib, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish uchun muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar sud hokimiyati oliy organlari hamkorligi istiqbollari to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolandi.

– O‘zbekistonda sud-huquq tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda, – dedi Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi raisi Vyacheslav Lebedev. – Mazkur o‘zgartirishlar soha faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Majlisda O‘zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdik, protsessual kodekslar loyihalari tahlili yuzasidan fikr almashdik. Bu soha xodimlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

– ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining O‘zbekiston raislik qilgan yig‘ilishi har tomonlama samarali bo‘ldi, – dedi Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq sudi raisi o‘rinbosari Du Vanxua. – Tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rilgan, majlis kun tartibidan huquqni qo‘llash va sud amaliyotidagi dolzarb masalalar o‘rin oldi. Bunday muzokaralar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlash, xalqaro maydonda tashkilot nufuzini muttasil oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirishda muhim omil bo‘ladi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi raisi V.Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining yig‘ilishi