Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 12:08 Chop etish versiyasi

ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi

2017-yilning 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.

ShHTning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammitidan keyingi birinchi majlis Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I raisligida o‘tkazildi va unda tashqi siyosat idoralari rahbarlari Sushma Svaraj (Hindiston), Havaja Mohamad Asif (Pokiston), Erlan Abdildayev (Qirg‘iziston), Qayrat Abdrahmonov (Qozog‘iston), Sergey Lavrov (Rossiya), Sirojiddin Aslov (Tojikiston) va Abdulaziz Kamilov (O‘zbekiston) ishtirok etdi. Majlis davomida ShHTni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari Hindiston va Pokistonning tashkilotga teng huquqli a’zo sifatida qo‘shilishlari nuqtai nazaridan muhokama qilindi va xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar ShHTning BMT va boshqa ko‘p tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini ham ko‘rib chiqdilar.

Majlis yakunlariga ko‘ra Kengashning axboroti va tashkilotning joriy faoliyatiga doir masalalar yuzasidan qator qarorlari qabul qilindi.

1 686






Все о погоде - Pogoda.uz