ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining yigirma yettinchi majlisi to‘g‘risida axborot
Toshkent shahrida 2015-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining yigirma yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida 2015-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining yigirma yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Majlisda ShHT MATT Kengashining avval qabul qilingan qarorlarini bajarish bo‘yicha ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasining faoliyati ma’qullandi.
ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi va ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari chegara xizmatlari ekspertlar guruhining 2016-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari birgalikda o‘tkazgan “Markaziy Osiyo-Aksilterror – 2015” aksilterror mashg‘ulotlari yakunlariga yuqori baho berildi.
ShHT MATT faoliyatini rivojlantirish va ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun mazkur davlatlar vakolatli organlarining qator xodimlari va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasining mas’ul xodimlari ShHT MATT Kengashining yorlig‘i bilan taqdirlandi.
ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi faoliyatini tashkiliy va kadrlar bilan ta’minlash, ShHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga doir masalalar yuzasidan ham qator qarorlar qabul qilindi.
ShHT MATT Kengashiga raislik O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.
ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish muddati va joyi kelishib olindi.
Kengash majlisi ishchanlik, amaliy muloqot va do‘stona ruhda o‘tdi.