Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zLiDePning Namangan viloyati kengashi raisi S.Mo‘minov ochdi.

Yig‘ilish avvalida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi yod etildi. Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyati ham izchil rivojlanmoqda. Sanoat tarmoqlari kengayib, tumanlarda yangi zamonaviy korxonalar ishga tushirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari keng qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida ularning viloyat iqtisodiyotidagi salmog‘i tobora ortmoqda. Yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlar bunyod etilib, shaharu qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, hududlarni kompleks va izchil rivojlantirish, xalqimiz hayot sifati va farovonligini yuksaltirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda videokonferensiya orqali Namangan shahri va barcha tuman markazlarida yig‘ilgan saylovchilar ishtirok etdi.

Mehnat faxriysi Sh.Nuriddinov, «Afro‘z Kamol Nabi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tijorat ishlari bo‘yicha direktori S.No‘monov, «Istiqlol tekstil dizayn» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori B.Umarov, Namangan viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi M.Istamqulova, «Imron tekstil grup» xususiy korxonasi rahbari I.Qutfiddinov, mehnat faxriysi I.Bo‘stonov, Pop tumanidagi 29-maktab o‘qituvchisi Z.Haydarova, Chust tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Bozorova, Kosonsoy tumanidagi «Qo‘qimboy» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi S.Qosimova va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi