Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimi tubdan isloh etilmoqda. Kasalliklarni profilaktika qilish va samarali davolash maqsadida tibbiyotning barcha bo‘g‘inlari takomillashtirilmoqda, joylarda zamonaviy shifoxonalar tashkil etilmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1998-yil 10-noyabrdagi farmoni asosida Buxoro shahar kasalxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, 255 o‘ringa ega.

Ushbu muassasa binosini jahon standartlariga mos ta’mirlash, bo‘limlarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar, asbob-uskunalar bilan ta’minlash, yangi qabulxona, reanimatsiya, komputer-tomografiya, operatsiya qilish xonalari qurish mo‘ljallanmoqda. Bu yerga yangi tez tibbiy yordam mashinalari olib kelinadi.

Tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirish xalqimizni rozi qilishda muhim ahamiyatga ega, dedi davlatimiz rahbari. Ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordam tizimini dunyo talablari darajasiga olib chiqish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash aholining ham, bugungi zamonning ham talabidir.

Prezidentimiz Respublika urologiya markazining Buxoro filialida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari loyihasi bilan tanishdi.

Rejaga ko‘ra mazkur muassasada endourologik operatsiyalar, masofaviy litotripsiya, ultratovush va rentgen tekshiruvi xonalari, urodinamik laboratoriya quriladi, zamonaviy tibbiy uskunalar olib kelinadi.

Prezidentimiz Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasi qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Institutda hozirgi kunda 1 ming 924 talaba, yetti yo‘nalish bo‘yicha 49 magistr, qirq ikki yo‘nalish bo‘yicha 277 klinik ordinator tahsil olmoqda.

Yuqori malakali shifokor kadrlarni tayyorlash zamonaviy moddiy-texnik baza va jahon andozalari darajasidagi binolarga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurti faoliyatiga bevosita bog‘liq. Buxoro davlat tibbiyot instituti uchun 900 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, 200 o‘rinli tarkibiy-funksional bo‘limlardan tashkil topgan klinika qurilishi va ularning zamon talablariga mos jihozlanishi shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Sohada yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda dunyo tajribasidan foydalanish, xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Prezidentimiz Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi tizimida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari loyihasini ko‘zdan kechirdi.

Keyingi yillarda tuman tibbiyot birlashmasida qator qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. 2014-yilda 250 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qurilgan. 2015-yilda har biri 30 o‘rinli bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam va rejali xirurgiya bo‘limlari binosi barpo etilgan. 2016-yilda 131 o‘rinli tug‘ruq kompleksi, bolalar va yuqumli kasalliklar bo‘limlari kapital ta’mirlangan.

Joriy yilda bu boradagi ishlarni davom ettirib, terapiya, zararsizlantirish, qon quyish, laboratoriya bo‘limlarini kapital ta’mirlash, patanatomiya bo‘limi, tozalash qurilmasi, dorixona va boshqa binolarni qurish rejalashtirilgan. Bu bemorlarga tez va sifatli yordam ko‘rsatish, sanitariya-gigiyena holatni yaxshilash, tibbiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirishda aholining talablarini hisobga olish, ulardagi tibbiy jihozlardan unumli foydalanish, punktlarga malakali kadrlarni ishga jalb etish, kasalliklarni samarali davolash bilan birga ularni profilaktika qilish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: xalqimizni rozi qilish uchun tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish kerak