Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan bog‘ni borib ko‘rdi.

Xalqimiz farovonligi, yurtimiz bozorlari to‘kinligiga Andijon fermer va dehqonlari ham munosib hissa qo‘shmoqda. Keyingi yillarda paxta maydonlari qisqartirilib, qishloq xo‘jaligi tarkibiy o‘zgartirilayotgani natijasida meva-sabzavot yetishtirish ko‘paymoqda, eksport hajmi oshmoqda.

Xo‘jaobod tumanidagi lalmi maydonda tashkil etilgan yong‘oqzor va tokzor ham shu maqsadga qaratilgan. Bu yerda 20 gektarga Kaliforniya yong‘og‘i, 23 gektarga tok navlari ekilgan. Kelgusida ekin maydoni kengaytirilib, meva turlari ko‘payadi. Qator oralariga bulg‘or qalampiri, piyoz, kartoshka, loviya, moshning xaridorgir navlari va boshqa sabzavotlar ekiladi.

Prezidentimiz o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga oid qaror mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi. Andijonning ilmiy va mehnat salohiyatidan foydalanib, bu yo‘nalishda ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish, xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali xalqimizning daromadini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti va kollejlarda o‘rmonchilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 Shu yerda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Bog‘i Furqat” fermer xo‘jaligi bazasida qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi va ko‘chatchilikni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi. Bu yerda zamonaviy biotexnologiya (In vitro texnologiyasi) asosida laboratoriya tashkil etilib, virussiz urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday o‘simliklar kasalliklarga chidamli bo‘ladi, ularni yil bo‘yi ekish mumkin. Qiymati 1,6 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha samarasida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari urug‘ va ko‘chatlari yetishtiriladi, agrosanoat tarmoqlari va aholiga yetkazib beriladi. 38 ish o‘rni yaratiladi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada oshirish maqsadida barcha hududlarda gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ixcham va samarador bunday issiqxonalar yuqori sifatli poliz mahsulotlari yetishtirish, minglab ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi