O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oʻzaro muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oʻzaro muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 27 sentyabr kuni Dushanbe shahrida uchrashuv oʻtkazdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tashrifi bilan qutladi. Tojikiston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi natijalari yuqori baholandi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

2 366
OʻzA