O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev “Talko-Krantas” maxsus texnikalar zavodi taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev “Talko-Krantas” maxsus texnikalar zavodi taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi “Talko” davlat unitar korxonasi bilan tanishdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ushbu zavod 1975-yilda qurilgan. 2007-yilda “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda “Talko” togʻ-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida koʻplab korxonalarni birlashtirgan.

Joriy yil iyul oyida Oʻzbekistonning “Krantas grupp” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida “Talko-Krantas” maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qoʻshma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tashrifi chogʻida ushbu istiqbolli loyiha taqdimoti oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

04ca7099-762a-2b08-e96a-0dd2720b3012.jpg

05b58a80-a865-c473-aec2-63556f718ef0.jpg

54e067a2-5b73-b5d9-2083-da59033c163b.jpg

2 398
OʻzA