O‘zA O`zbek

12.06.2018 19:36 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanida fermerlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanida fermerlar bilan muloqot qildi
Prezidentimiz Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligida bo‘lib, mazkur xo‘jalik misolida Farg‘ona viloyatida paxta va g‘alladan olinadigan hosilni ko‘paytirish va takroriy ekin ekish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi.

2006-yili tashkil etilgan “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligi 60 gektarda dehqonchilik qiladi. Qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan imkoniyatlar, fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari, mablag‘ va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilayotgani samarasida joriy yilda 30 gektar g‘alladan 85-90 sentnerdan hosil olish mo‘ljallanmoqda. Bundan tashqari, xo‘jalik 30 gektarda g‘o‘zaning “Namangan-77” navini parvarishlanmoqda.

Fermer 02.jpg

Davlatimiz rahbari paxta dalasini, g‘alla o‘rim-yig‘imining borishini ko‘zdan kechirdi. Viloyat dehqon va fermerlari bilan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muloqot qildi.

Qishloq xo‘jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda fermerlar oldida suvdan omilkorlik bilan, tejab foydalanish, dalalarga takroriy ekinlarnito‘g‘ri joylashtirish va hosildorlikni oshirish, urug‘ sifatini yaxshilash bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada zarur topshiriqlar berdi.

Matnazar Elmurodov, O‘zA
6 782