Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

“Nishon ko‘zgu” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan Qarshi shahrida chorva mollarini avtomatizatsiyalashgan kushxona, go‘shtni saqlash va qadoqlash kompleksi tashkil etilmoqda. Buning uchun xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelib o‘rnatilgan.

Ushbu loyiha iqtisodiy samaradorlik bilan birga ulkan ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Zamonaviy kushxona va muzlatkich oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi hamda xavfsizligini ta’minlaydi. 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari bunday kushxonalarni barcha hududlarda tashkil etish, veterinariya va sanitariya xizmatlarini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.  

Yakkabog‘ tumanida tashkil etilayotgan “Qorabayir otchilik majmuasi” xo‘jaligi naslchilikni saqlash va rivojlantirish, qorabayir zotli otlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan. Majmuada 200 tagacha yilqi boqilib, ichki va tashqi bozorlarga sotiladi. Qirqdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.

Qorabayir otlari milliy iftixorimiz ekani, ularni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Koson tumanida barpo etiladigan chorvachilik kompleksi loyihasini ko‘zdan kechirdi.

Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi izchil rivojlanib, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarda yuqori natijalarga erishilmoqda. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etilayotgani, xususiy mulkchilikka keng yo‘l ochilgani xalqimiz farovonligini oshirish, uni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.

Ikki ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan zamonaviy tipdagi chorvachilik kompleksi nafaqat viloyat, balki mamlakatimizning boshqa hududlari aholisini ham go‘sht va sut bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy qiymati 14 milliard so‘m bo‘lgan loyihani kelgusi yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Majmua qurilishi uchun 12 gektar, chorva mollariga ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun 750 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu yerda yiliga 4 ming 280 tonna sut va 210 tonna go‘sht yetishtirish, 140 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz chorvachilik kompleksiga xorijdan nasldor qoramollar olib kelish, ularni zarur texnologiyalar asosida parvarishlash, yetishtirilgan mahsulotni shu yerning o‘zida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Mutaxassislarga zarur tavsiyalar berdi.

Qamashi tumanida 5 ming bosh kurka boqishga mo‘ljallangan majmua tashkil etiladi. Zamonaviy texnologiyalar o‘rnatiladigan majmuada yiliga 20 ming bosh kurka jo‘jasi yetishtirilib, aholiga yetkazib beriladi. Uni joriy yilning dekabr oyida ishga tushirish, 30 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz mazkur loyiha har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatish va oilalar daromad manbaini yaratishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Tallimarjon suv omborining tabiiy havzasida baliq yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi.

Qashqadaryo viloyatida baliqchilik rivojlanib bormoqda. O‘tgan yili viloyatda 4,4 ming tonna baliq yetishtirildi. Joriy yilda 33 baliqchilik xo‘jaligiga 10,2 milliard so‘m kredit ajratish hamda baliq yetishtirish hajmini 5,2 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Yangi agrofirma viloyatdagi baliqchilik xo‘jaliklariga o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi uchun mashina-mexanizm xizmatlari, baliq uvildiriqlari, omuxta yem yetkazib beradi. Yetishtirilgan baliqni sotish yoki qayta ishlashni tashkil etishda ham ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan.

Agrofirmada baliq uvildiriqlari yetishtirilib, suv omboriga o‘tkaziladi. Bu yerda baliq chavoqlari yetishtiruvchi inkubatsion sex, 600 tonnalik muzlatkich, baliq mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona, 800 tonna maxsus omuxta yem ishlab chiqaruvchi sex tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yiliga 500 tonna baliq qayta ishlovchi agrofirmada 90 ish o‘rni tashkil etiladi.

Qashqadaryo viloyatida yil bo‘yi baliq boqish, ko‘paytirish va aholiga yetkazib berish, eksportni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Bunday agrofirmalar ushbu sohani yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, mamlakatimizning oziq-ovqat dasturi rivojiga muhim hissa qo‘shishi qayd etildi.

Qamashi tumanida quyon yetishtirish, quyon go‘shti va terisini qayta ishlashga ixtisoslashgan xo‘jalik tashkil etilmoqda. “Qamashi momiq quyonlari” agrofirmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha samarasida 30 ming bosh quyon yetishtirilib, yiliga 120 tonna go‘sht va 40 ming dona teri tayyorlanadi.

Xo‘jalikda 30 kishi ishlaydi. Bundan tashqari, quyonlar 500 xonadonga tarqatiladi. Aholi parhez go‘sht va qo‘shimcha daromad bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari “Qarshi nasos stansiyalar kaskadini qayta tiklash - III faza” loyihasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha viloyatda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Loyiha Qarshi nasos stansiyalar kaskadining 1-6-nasos stansiyalarining 9 nasos agregatini yangilash, 850 metr quvurlarni yangilash, suv keltiruvchi kanalni loyqadan samarali tozalash ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun jami 128,934 million dollar mablag‘ sarflanadi. Shuningdek, NS-1 va NS-2 oralig‘idagi kanalning 8 kilometr qismini va kanalning chap qirg‘oq dambasini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Loyihani bajarish natijasida 402 ming gektar sug‘oriladigan maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi. Nasos stansiyalarida har yili 106,55 million kVt soat elektr energiya tejalib, qishloq xo‘jaligida daromadlar oshishiga, pirovardida hududni yanada taraqqiy ettirishga erishiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: odamlarga daromad manbai yaratish kerak