Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keksalarning hayoti darajasini oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari “Nuroniy” jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi yangi binosi va «Nuroniylar maskani» bilan tanishdi.

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni e’zozlagan kam bo‘lmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Jamg‘armaning Namangan viloyati bo‘limida ma’muriy bino, choyxona barpo etilgan. Barcha xonalar zamonaviy mebel va komputer jamlamalari bilan jihozlanib, qulay ish sharoiti yaratilgan.

Prezidentimiz «Nuroniylar maskani»da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oqsoqollar bilan suhbatlashdi.

Suhbatda yoshlar tarbiyasi, boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Aholini ish bilan ta’minlash masalasi diqqat markazida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan Gulchilar assotsiatsiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu sohaga alohida e’tibor qaratish kerak. Assotsiatsiyaga yer maydoni ajratish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozim. Viloyatning har bir tumanida assotsiatsiya bo‘limlarini tashkil qilish, ularga malakali gulchilarni taklif etish darkor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz maxsus fakultet tashkil qilib, gulchilik ilmini yoshlarga o‘rgatish, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: nuroniylarni e’zozlagan inson kam bo‘lmaydi