O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov boshlagan ishlarni doʻstlari bilan birga davom ettiramiz

Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov boshlagan ishlarni doʻstlari bilan birga davom ettiramiz


Pandemiya keltirgan sinovli kunlarda xalqimiz ogʻir judolikka uchradi. Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Senati Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020-yil 31-iyul kuni vafot etdi. Marhum Nukus shahridagi “Shorsha baba” qabristoniga dafn etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qurʼon tilovat qilindi.

- Rahmatli Musa ogʻa elni yaxshi koʻrgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpogʻistondan koʻnglim toʻq edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir boʻlgan oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining ogʻzibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish boʻyicha koʻp ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni doʻstlari bilan birga albatta davom ettiramiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini taʼkidladi.

- Bu yerni Qoraqalpogʻistonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qoʻysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna boʻladi, - dedi Prezident.


8 979
O'zA