Davlatimiz rahbari Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishdi.

Orzu mahallasida Birinchi Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha 2014-2016-yillarda namunali loyihalar asosida 708 uy-joy, mahallaning yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 6 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallada otalar choyxonasi, savdo shoxobchalari, mini futbol maydoni, bolajonlar uchun turli attraksionlar ishlab turibdi.

Bu yerda mahalla raisi, kotibi va maslahatchisi, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud. Kutubxona zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyotlar bilan ta’minlangan. Joriy yilda mahalla binosi yonida profilaktika inspektori uchun xizmat uyi qurildi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida yurtimizning barcha hududlaridagi ichki ishlar organlari o‘rtasida zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llanilgan holda o‘zaro tezkor aloqa o‘rnatish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Davlatimiz rahbari “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori xizmat xonasida o‘rnatilgan komputer orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan videomuloqot qildi.

Profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, sodir etilgan har bir jinoyatni tahlil qilish, jinoyatchilikni professional darajada aniqlash lozim. Profilaktika inspektorlari xizmat uylari, imtiyozli kreditlar asosida mashinalar bilan ta’minlanayotgani ular mahallaning har bir xonadoni bilan samarali ishlashida muhim ahamiyat kasb etmoqda, dedi Prezidentimiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: mahalla obodligi – yurt obodligi