O‘zA O`zbek

23.08.2020 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolovning xizmatlarini eʼtirof etdi

Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolovning xizmatlarini eʼtirof etdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida Karim Kamolov xonadoniga kelib, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi, judolikni yengishda sabr-toqat tiladi.

Davlatimiz rahbari marhumning el-yurt farovonligi yoʻlidagi xizmatlarini eʼtirof etdi.

- Rahmatli Karim aka juda yaxshi inson edi, begʻubor qalb egasi, noyob mehnatsevar kishi edi. Buxorodagi oʻzgarishlarga koʻp mehnatlari singgandi. Rejalari ham ulkan edi. Beqiyos halollik va sadoqat bilan, oʻzini oʻylamay, odamlarning manfaati uchun ishladi. Bir paytlar adolatsizlik tufayli boshidan kechirgan kunlari ham uning sogʻligʻiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. U kishining fidokorona xizmatlarini davlatimiz, xalqimiz aslo unutmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan soʻng Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat etilib, Qurʼon tilovat qilindi.


5 726
O'zA