Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.12.2017 11:23 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev ijodkor bolalar bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev ijodkor bolalar bilan suhbatlashdi Shavkat Mirziyoyev ijodkor bolalar bilan suhbatlashdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifining ikkinchi kuni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 21-yanvar kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi maktab bunyod etish, maktab oldida shoir haykalini o‘rnatish, bosmaxona tashkil qilish zarurligini ta’kidlagan edi.

Shunga muvofiq Nukusda uch qavatli zamonaviy maktab barpo etilgan. Ibroyim Yusupov haykali o‘rnatilgan joy ijodkorlar, yoshlar uchun yana bir xiyobonga aylangan. Maktab qoshida kitoblarni tarjima qilish va chop etish markazi ham tashkil etilgan.

STU_0966 s.jpg

Prezidentimiz bu yerda o‘qituvchi va o‘quvchilar, qoraqalpog‘istonlik adiblar bilan uchrashdi.

Maktab o‘quvchilari Ibroyim Yusupov she’rlaridan o‘qib berdi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerni ma’naviyat maskaniga aylantirish, atoqli shoir va yozuvchilarimiz ijodini xalqimizga va butun dunyoga tarannum etish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun mamlakatimizning boshqa hududlarida tashkil etilgan Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf nomidagi maktablar bilan aloqalar o‘rnatish, ular o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazish kerak.

Jamiyatda kitobsevarlik muhitini shakllantirish, ayniqsa, yoshlarni kitobga qaytarish zarur.

Prezidentimiz maktab-internatda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Maktab jamoasiga avtobus sovg‘a qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Anvar Samadov, Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 402






Все о погоде - Pogoda.uz