O‘zA O`zbek

31.07.2019 22:17 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba monumentiga gulchambar qoʻydi

Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba monumentiga gulchambar qoʻydi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi.

Davlatimiz rahbari Minskka kelgach, anʼanaga koʻra, Belarus poytaxtidagi Gʻalaba monumentiga gulchambar qoʻydi.

Harbiy orkest ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi boʻlib oʻtdi.

Tashrifning asosiy voqealari 1-avgust kuni boʻlib oʻtadi. Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar oʻtkazadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti imzolanishi, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezidentlar Minskda ochilgan Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi bilan tanishadilar. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham oʻrin olgan.


OʻzA
5 001