Prezidentimiz Erkin Vohidov nomidagi Marg‘ilon shahar madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning o‘zlikni anglash, milliy g‘urur-iftixor tuyg‘ulari yuksak pardalarda tarannum etilgan asarlari har birimizni tinchlik-xotirjamlikni qadrlashga, chin insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishga undaydi. E.Vohidov ”Tong nafasi”, “Qo‘shig‘im sizga”, “Aql va yurak”, “Mening yulduzim”, “Yoshlik devoni”, “Tirik sayyoralar”, “Sharqiy qirg‘oq”, “Kelajakka maktub” kabi she’riy to‘plamlari, “Nido”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Ko‘hinur” kabi dostonlari, “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” singari sahna asarlari, “So‘z latofati” risolasi, jahon adabiyotining mumtoz namoyandalari merosidan qilgan tarjimalari bilan o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘zbek adabiyotining yirik vakili ijodiy merosini keng o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz bo‘ylab Erkin Vohidovning 80-yillik yubileyi keng nishonlandi. Marg‘ilon shahridagi madaniyat va istirohat bog‘iga Erkin Vohidov nomi berilib, qayta rekonstruksiya qilinmoqda.

Istirohat bog‘ining maydoni 9 gektardan 16 gektarga yetkazildi. Bog‘ning kirish qismida yozuvchi-ijodkorlar xiyoboni tashkil etish, unga Erkin Vohidovning haykalini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Turli tadbirlar o‘tkaziladigan amfiteatr, osh markazi va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etish belgilangan. Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi ochiladi. Bundan tashqari, bog‘da turli attraksionlar o‘rnatilib, bir necha choyxona aholiga xizmat ko‘rsatadi. Istirohat bog‘iga turli mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekiladi.

Prezidentimiz qahramon shoirimiz nomi bilan ataladigan ushbu bog‘ har tomonlama mukammal bo‘lishi, uni yoshlar ma’naviyatini yuksaltiradigan maskanga aylantirish, xiyobonga Erkin Vohidovning eng sara she’rlaridan namunalar yozilgan lavhalar o‘rnatish zarurligini ta’kidladi. Bu yerga keluvchilar Erkin Vohidov she’rlaridan bahramand bo‘lib, ma’naviy olamini yanada boyitib olsin, dedi davlatimiz rahbari.

Istirohat bog‘iga ekiladigan har daraxtga alohida e’tibor qaratish, zamonaviy attraksionlar o‘rnatish, uni zamonaviy so‘lim maskanlardan biriga aylantirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda Farg‘ona viloyati tuman va shaharlari markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish bosh rejasi, Marg‘ilonda turizmni rivojlantirish dasturi, tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasida uy-joy qurish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish sohalarida o‘nlab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Marg‘ilon hunarmandlar markazini tashkil etish, soha xodimlari uchun qulay soliq imtiyozlari, zarur shart-sharoitlar yaratish, boshqa loyihalarni ham yanada mukammallashtirish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi yaratiladi