Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 11:03 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi Davlatimiz rahbari 18-avgust kuni Bekobod shahriga tashrifini “O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

Mazkur kombinat mamlakatimizning eng yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri hisoblanadi. 1944-yilda tashkil etilgan korxonada qora metall parchalari va chiqindilarni qayta ishlash, tayyor prokat mahsulotlari, sirlangan idishlar va boshqa xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Korxonada yangi yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishmoqda.

Batafsil ma’lumotlar bilan saytimizda kun davomida tanishtirib boramiz.

Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
3 055






Все о погоде - Pogoda.uz