Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.05.2017 23:13 Chop etish versiyasi

Shavkat Mirziyoyev "Avaza"da dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev "Avaza"da dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi Turkmanboshi, 19-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida "Avaza" milliy sayyohlik zonasining "Kamalak" bolalar ko‘ngilochar bog‘ida o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi.

Joriy yilning may oyi boshida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston Prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari o‘zbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Mazkur taklifga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola “Dayanch” bolalar sog‘lomlashtirish markaziga yuborildi. Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan dam olish taassurotlari, turkmanistonlik tengdoshlari bilan do‘stlik munosabatlari to‘g‘risida suhbatlashdi, sog‘lomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bolalarga sovg‘alar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davom etmoqda. 

Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
11 157






Все о погоде - Pogoda.uz