2017-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan. Shundan 10 tasi qonun hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning 6 tasi yangi qonundir.

2017-yil 23-avgust kuni yalpi majlis oldidan Senat qo‘mitalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar tegishliligi bo‘yicha yana bir bor ko‘rib chiqilayotir.

Dastlabki majlis Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida tashkil etildi. Unda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan elchi tayinlash,  ayrim elchilarni lavozimidan ozod etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Qo‘mita a’zolari tomonidan 2016-yil hamda 2017-yilning birinchi yarmida yuborilgan senator so‘rovlarining monitoringi yakunlari muhokama etildi.

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihalari hamda ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid masala ko‘rib chiqildi.

– Yuksak huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning muhim shartidir,– deydi senator Tolib Madumarov. – Hozirgi kunda mamlakatimizda 30 mingdan ortiq qonun hujjatlarini o‘z ichiga qamrab olgan huquqiy baza mavjud. Lekin bu bazadan yetarli darajada foydalanilmayotir. Bunga barham berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy axborotlarni tarqatish tizimini takomillashtirishga oid Prezidentimizning shu yil fevral oyida farmoni ham qabul qilindi. Mazkur farmon asosida ishlab chiqilgan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi huquqiy axborotlarni o‘z vaqtida tegishli tizimlarga, aholiga yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, yangi qonun kuchga kirishi bilan u tegishli vazirlik yoki idora veb-saytida 24 soat ichida e’lon qilinishi zarur.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalarining saylanishi, lavozimidan ozod etilishiga oid masala ko‘rib chiqildi. Qo‘mita a’zolari tomonidan 2016-yil davomida hamda 2017-yilning birinchi yarmida yuborilgan senator so‘rovlarining monitoringi yakunlari muhokama etildi. 

Yig‘ilishlar davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisi oldidan qo‘mita majlislari bo‘lib o‘tmoqda