O‘zA O`zbek

30.10.2019 Chop etish versiyasi

Saylov: Amaliyot, targ‘ibot va tashviqot

Saylov: Amaliyot, targ‘ibot va tashviqot
Jizzax shahrida viloyat saylov komissiyasi matbuot markazi tomonidan saylov jarayoni va uni yoritishning muhim masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi viloyatdagi okrug saylov komissiyalari rais va kotiblariga Markaziy Saylov komissiyasining guvohnomalari topshirildi.

Viloyat saylov komissiyasi raisi A’zam Ixtiyorov bo‘lajak muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Saylovlarni oshkoralik va shaffoflik prinsiplari asosida keng yoritishda ommaviy axborot vositalari uchun yaratilgan qulayliklarga e’tibor qaratdi. Jumladan, ayni paytda xalqaro matbuot markazi va viloyat saylov komissiyasi matbuot markazida jurnalistlar uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgan. 

Anjumanda ishtirokchilar tomonidan viloyatda bo‘lajak saylovga ko‘rilayotgan hozirlik va ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlaridagi huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

657
Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA