O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 12-noyabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari B.Sharofov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili S.Abbosov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi. 

Prezidentlikka nomzod Samarqand shahri, bu yerda turli davrlarda barpo etilgan tarixiy-me’moriy obidalar, ayniqsa, Registon va Shohizinda ansambllari, Amir Temur, Xo‘ja Doniyor va Imom Moturidiy maqbaralari, Bibixonim, Xoja Ahror va Hazrati Xizr masjidlari, Chor Chinor va Hazrati Dovud ziyoratgohlari, Afrosiyob muzeyi va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi qadimiy yodgorliklar xalqimizning yuksak me’morchilik san’ati, ajdodlarimizning yaratuvchanlik salohiyatidan dalolat berishini ta’kidladi.

Dasturda ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot va tashqi siyosat yo‘nalishlarida ilgari surilgan takliflar xalqimizda milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘ularini mustahkamlash, jamiyatni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, mahalliy sanoat samaradorligini yanada oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, turizmni rivojlantirish kabi masalalar ham ilgari surilgan. Viloyatda 1105 arxeologik, 670 me’moriy, 21 memorial, 18 monumental, jami 1851 moddiy-madaniy meros obyekti mavjud. Bu Samarqand turizm industriyasini rivojlantirish va yurtimizni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish imkonini beradi.

Turizm iqtisodiyotning rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi omil sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimida muhim o‘rin tutadi. Xususan, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi, aholi bandligini ta’minlashga, iqtisodiy faoliyatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarmoqlari, infratuzilmaning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Videokonferensiya tarzida o‘tgan uchrashuvda Samarqand tumanidagi 31-umumta’lim maktabi direktori Z.Shodiyeva, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi M.Ibrohimova, “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi bosh murabbiyi J.Yusupov va boshqalar nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar haqida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarvar Otamuratovning Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi