Samimiy qutlovlar
Mamlakatimiz mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.
Mamlakatimiz mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni va Sizning timsolingizda qardosh o‘zbek xalqini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Turkmaniston xalqi, hukumati va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.
Turkmaniston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar yuqori darajada ekanini va bu aloqalar izchil rivojlanib, yanada mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. Mamlakatlarimizning davlatlararo muloqotni yanada kengaytirishga bo‘lgan qat’iy yondashuvi xalqlarimiz manfaatiga mosdir.
Muhtaram Shavkat Miromonovich, ushbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston Respublikasi xalqiga tinchlik va yanada farovonlik tilayman.
Samimiy hurmat bilan,
Gurbanguli Berdimuhamedov,
Turkmaniston Prezidenti
* * *
Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo Rebelo de Souza
Gretsiya Respublikasi Prezidenti Prokopis Pavlopulos
Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.