Samimiy qutlovlar
Yangi – 2015-yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va chet el yetakchi kompaniyalarining rahbarlari, jamoat arboblari Yurtboshimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilab, o‘zlarining ezgu niyatlari izhor etilgan samimiy qutlovlarini yo‘llashda davom etmoqdalar.

Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning tabriknomasida shunday deyiladi:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Yangi yilda tinchlik va ravnaq tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni yo‘llayman.
2015-yilda men barcha uchun yanada barqaror va xavf-xatarsiz dunyoni barpo etish borasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik va birgalikdagi faoliyatimiz mustahkamlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.
Samimiyat ila
Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti»
Quyidagilar ham o‘z tabriklarini yo‘llaganlar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan
Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj
Irlandiya Prezidenti Maykl Xiggins
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yoichi Miyazava
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Dmitriy Mezensev
BMT Bosh kotibining vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markaz rahbari Miroslav Yencha
Evropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterk
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori Viktor Grishin
Tabriknomalar kelishi davom etmoqda.