Samimiy qutlovlar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin oʻz maktubida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani, mustahkam doʻstlik rishtalarini gʻoyat qadrlashini taʼkidlagan. Xitoy rahbari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelishga tayyor ekanini, birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In koronavirus pandemiyasiga qaramay davom etayotgan faol muloqot va almashinuvlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining haqiqiy ahamiyatidan dalolat berayotganini taʼkidlagan.
Janubiy Koreya rahbari yaqin hamkorlik tufayli mamlakatlarimiz inqirozni yengib oʻtishi va ikki tomonlama aloqalar yangi taraqqiyot darajasiga yetishiga ishonch bildirgan.
*****
Shuningdek, quyidagilar ham samimiy tabriklar yoʻllashgan:
- Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
- Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
- Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon;
- Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;
- Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;
- Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich;
- Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.