Samimiy qutlovlar
Mamlakatimiz mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari va ishbilarmon doira vakillaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari va ishbilarmon doira vakillaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning maktubida shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
1-sentabrda nishonlanadigan O‘zbekiston mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni yo‘llayman.
Amerika Qo‘shma Shtatlari 1991-yilning 25-dekabrida O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan paytdan buyon mamlakatlarimiz o‘zaro ishonch, hurmat va o‘zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish maqsadida birgalikda ishlab kelmoqda. Biz davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini hamisha qo‘llab-quvvatlagan, binobarin, biz demokratik, xavf-xatarsiz va gullab-yashnayotgan istiqbol yo‘lida Siz bilan birgalikdagi faoliyatni davom ettiraveramiz. Men kelgusi yillarda ikki tomonlama munosabatlarimizning yanada kengayishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.
Milliy bayramingiz munosabati bilan mamlakatingiz yanada ravnaq topishini tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul qilgaysiz.
Ehtirom ila,
Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Prezidenti
Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi – Yelizaveta II
Hindiston Respublikasi Prezidenti – Pranab Mukerji
Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor
Portugaliya Respublikasi Prezidenti – Anibal Kavako Silva
Bolgariya Respublikasi Prezidenti – Rosen Plevneliyev
Latviya Respublikasi Prezidenti – Raymonds Veyonis
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov
Armaniston Respublikasi Prezidenti – Serj Sargsyan
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti – Abdulaziz Buteflika
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.