Mamlakatimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Xitoy Hukumati va xalqi, shuningdek, shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. Siz O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan yo‘lni davom ettirishingiz va rivojlantirishingiz, davlat qurilishi sohasida yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizga ishonaman.

Xitoy bilan O‘zbekiston samimiy va bir-biriga ishonadigan yaqin qo‘shni, qalin do‘st va ishonchli sheriklardir. Siyosiy ishonch, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik aloqalari mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kundan boshlab muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Joriy yilda ikki tomonlama munosabatlarning har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi serqirra hamkorlikni mustahkamlash uchun yanada keng imkoniyatlar ochib berdi.

Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman, Siz bilan yaqin hamkorlikda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz kelajagi uchun yangi yo‘llar ochish borasida birgalikda sa’y-harakatlar qilishga tayyorman.

Sizga davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va mustahkam sog‘lik tilayman.

O‘zbekistonga ravnaq, kuch-qudrat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birini tushunishga asoslangan yuksak darajadagi qardoshlik munosabatlari mamlakatlarimizning xalqlarimiz farovonligi yo‘lidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlarda o‘rnatilgan samarali hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilayotganini to‘liq tasdiqlaydi.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, qardosh O‘zbekiston xalqining tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti uchun oliy davlat lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ehtirom ila,

Gurbanguli Berdimuhamedov,

Turkmaniston Prezidenti

Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozonganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Ishonchim komilki, bo‘lib o‘tgan saylov natijalari O‘zbekiston xalqining fuqarolar farovonligini va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yanada oshirish borasida Siz amalga oshirayotgan ishlarga ishonishi va qo‘llab-quvvatlashidan dalolat beradi. Sizning Prezident etib saylanishingiz bilan qardosh O‘zbekistonda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar davom ettirilishiga aminman.

Qozog‘iston mintaqa davlatlari bilan do‘stona munosabatlarni davom ettirish va jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha Siz amalga oshirayotgan ishlarni yuksak baholaydi.

Joriy yilning sentabr oyida Samarqanddagi uchrashuvimizni mamnuniyat bilan eslayman. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz Qozog‘iston bilan O‘zbekistonning strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘zaro manfaatli asosda chuqurlashtirish va kengaytirishga yangi turtki berishiga ishonaman.

Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorligimiz katta salohiyatga ega. Biz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda keng ko‘lamli munosabatlar bo‘yicha amaliy muloqotga tayyormiz. Mamlakatlarimiz delegatsiyalarining sentabrdagi uchrashuvdan keyin o‘tgan qisqa vaqt ichidagi o‘zaro tashriflari ham buni yaqqol tasdiqlaydi.

Yangi tahdid va xavflarga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida Qozog‘iston bundan buyon ham Markaziy Osiyoda samarali hamkorlik asosi sifatida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash tarafdori.

Fursatdan foydalanib, muloqotimizni Ostonada davom ettirish va Sizga qulay bo‘lgan vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etaman.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Nursulton Nazarboyev,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti

Sizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alabangiz bilan samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman.

Sizning ushbu yuksak va ayni paytda mas’uliyatli lavozimga saylanganingiz O‘zbekiston xalqi Sizning yurt farovonligini muttasil oshirish, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlaringizni keng qo‘llab-quvvatlaganidan dalolat beradi.

Tojikistonda Sizni xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik va har tomonlama hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish tarafdori sifatida yaxshi biladi va hurmat qiladi.

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro samarali hamkorlik Sharqning buyuk mutafakkirlari Jomiy va Navoiy zamonidan davom etib kelayotgan ko‘p asrlik yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari bilan bog‘langan xalqlarimizning tub manfaatlariga javob berishiga ishonaman.

Xalqlarimizning asrlar davomida qaror topgan o‘zaro munosabatlarini saqlash va yanada rivojlantirish zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi va biz Siz bilan birgalikda bu borada barcha zarur sa’y-harakatlarni ishga solishga tayyormiz.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekiston farovonligi yo‘lida davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va barqaror taraqqiyot tilayman.

Hurmat bilan,

Imomali Rahmon,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti

Janob Prezident, qadrli qardoshim!

O‘zbekistonda 2016-yil 4-dekabrda o‘tkazilgan Prezident saylovi natijasida Prezidentlik lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan xalqim va shaxsan o‘z nomimdan chin ko‘ngildan muborakbod etaman.

Do‘st va qardosh o‘zbek xalqining irodasi namoyon bo‘lgan ushbu saylovning xotirjam va ishonchli muhitda o‘tganidan bag‘oyat mamnun bo‘lganimni bildirmoqchiman.

Ikki tomonlama aloqalarimizni rivojlantirish borasida biz tashlaydigan mushtarak odimlar orqali hamkorligimizni qardosh xalqlarimizning manfaatiga xizmat qiladigan yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonchim komil. 2016-yil 18-noyabr kuni Samarqandga tashrifim xalqlarimiz o‘rtasida moziydan bugungacha yetib kelgan rishtalardan kuch oluvchi hamda o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida rivojlanayotgan aloqalarimizni jonlashtirishi aniq. Fursatdan foydalanib, Samarqand shahrida menga va delegatsiyamizga ko‘rsatilgan e’tibor va mehmondo‘stlik uchun tashakkur aytmoqchiman.

Qardoshlik munosabatlarimizda yangi sahifa bo‘lishi uchun Siz Janobi Oliylarini rasmiy tashrif bilan davlatimizga mehmonga kelishingizdan va men go‘zal yurtingizga yana bir bor tashrif buyurishdan bag‘oyat baxtiyor bo‘lishimni izhor etaman.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyat, qardosh o‘zbek xalqiga tinchlik, farovonlik va omonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on,

Turkiya Prezidenti

Siz Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Sizning saylanganingiz, Eron Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolarining ikki tomonlama aloqalar kun tartibidagi maqsadlar va vazifalarni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari samara berishi uchun yaxshi fursat yaratadi, deya ishonaman.

Siz Prezident lavozimida faoliyat ko‘rsatadigan yangi davrda birgalikdagi harakatlarimiz sharofati bilan ikki tomonlama munosabatlar xalqlarimiz o‘zaro manfaatdorligi asosida oldingidan ko‘ra ko‘proq, kun sayin rivojlanishi hamda mintaqaviy va xalqaro tinchlik, xavfsizlik mustahkamlanishining shohidi bo‘lamiz, deb umid qilaman.

Xudovandi karimdan Siz Janobi Oliylariga sog‘lik-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston hukumati, birodar va do‘st xalqiga tinchlik va farovon hayot tilab qolaman.

Hasan Ruhoniy,

Eron Islom Respublikasi Prezidenti

Siz Janobi Oliylarining do‘st va birodar O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman.

Sizning ushbu mas’uliyatli lavozimga saylanganingiz birodar O‘zbekiston xalqining Siz Janobi Oliylariga va Sizning mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan dasturingizga ishonchidan dalolat beradi.

Hurmatli Prezident Janoblari!

Mushtarak madaniy va diniy qadriyatlarga ega bo‘lgan Afg‘oniston va O‘zbekiston xalqlari mavjud umumiy tahdidlarga qaramasdan, o‘zaro do‘stlik va birodarlik aloqalarini saqlab, bir-birlarini himoya qilib kelmoqdalar.

Men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining hozirgi kundagi rivojidan bag‘oyat xursandman va ushbu munosabatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar orqali hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida yanada mustahkamlanishi tarafdoriman.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylarini ushbu yuksak lavozimga saylanganingiz munosabati bilan yana bir bor tabriklab, Sizga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga Sizning rahbarligingizda farovonlik va taraqqiyotga erishishini tilab qolaman.

Ehtirom ila,

Muhammad Ashraf G‘ani,

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti

Janobi Oliylari!

Latviya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat asosida bundan buyon ham rivojlanishiga ishonaman. Fursatdan foydalanib, Sizning mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyat, mamlakatingizga tinchlik, farovonlik, O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat tilayman.

Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.

Ehtirom bilan,

Raymonds Veyonis,

Latviya Respublikasi Prezidenti

Sizni shaxsan o‘z nomimdan va Moldova Respublikasi xalqi nomidan O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat lavozimiga saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Mamlakatlarimizni tarixiy do‘stlik, sheriklik va o‘zaro yordam rishtalari bog‘laydi. Xalqlarimiz Ikkinchi jahon urushida birgalikda g‘alaba qozongan. Moldova va O‘zbekiston 1966-yil O‘zbekistonda va 1977-yil Moldovada ro‘y bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda bir-biriga yordam bergan. Ko‘pmillatli xalqimiz ushbu do‘stlik yordamini hech qachon unutmaydi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlari bundan buyon ham davom etishiga ishonaman.

Igor Dodon,

Moldova Respublikasining

saylangan Prezidenti

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samimiy qutlovlar