Samimiy qutlovlar
Yangi – 2017-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezidentimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Yangi – 2017-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezidentimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Szinpin
Yaponiya Bosh vaziri – Sindzo Abe
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev
Evropa Kengashi Prezidenti – Donald Tusk
Norvegiya Qiroli – Xarald V
Kanada General gubernatori – Devid Lloyd Jonston
Vengriya Respublikasi Prezidenti – Yanosh Ader
Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor
Latviya Respublikasi Prezidenti – Raymonds Veyonis
Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy
Misr Arab Respublikasi Prezidenti – Abdulfattoh as-Sisi
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti – Abdulaziz Buteflika
Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina
Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi – Abdulla Abdulla
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori – Kristin Lagard
NATO Bosh kotibi – Yyens Stoltenberg
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi – Rashid Alimov
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi – Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda
Aviatsiya bo‘yicha davlatlararo kengash prezidenti, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi – Tatyana Anodina
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti – Shinichi Kitaoka
«Lukoyl» neft-gaz kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov
«Transneft» kompaniyasi vitse-prezidenti – Vladimir Rushaylo
Janubiy Koreyaning «Shindong Resorsiz» kompaniyasi prezidenti – Kim Yong Gu
Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari – Eduards Stiprays
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.