Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Janobi Oliylariga
Muhtaram Vladimir Vladimirovich!
Muhtaram Vladimir Vladimirovich!Zabaykale o‘lkasida yo‘lovchilar avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, barcha jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman.
Qayg‘u bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti