Mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi Kotibi N.Patrushev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 21-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘ldi.

Mehmonlar dastlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu orom topgan maskan – Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qildi. Buyuk Yo‘lboshchimiz qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

Majmua bilan tanishuv chog‘ida delegatsiya a’zolariga ushbu obyektning bunyod etilishi, qisqa fursatda bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.

N.Patrushev Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi sifatida uning taraqqiyoti, xalqaro maydonda o‘z munosib o‘rnini topishi uchun juda katta ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, millatlararo totuvlikni ta’minlash yo‘lida qator tashabbuslarni ilgari surib, ularning amalga oshirilishiga beqiyos hissa qo‘shgani qayd etildi.

Shundan so‘ng mehmonlar Xo‘ja Doniyor maqbarasi, dunyoga mashhur Registon ansamblini tomosha qildi. Ushbu majmualar bilan tanishuv chog‘ida mamlakatimizda ajdodlarimizdan meros tarixiy-madaniy obyektlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari Samarqanddagi boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi Samarqandda