2017-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yuzasidan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbarlarining hisoboti eshitildi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning har bir jabhasida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, qurilish ishlarining hajmi yildan-yilga o‘smoqda.

Joriy yil may oyida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasi tubdan o‘zgartirildi va yangi vazifalar qo‘yildi. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari qo‘shimcha shtat birliklari bilan kengaytirildi. Jumladan, 11 hududda “O‘zshaharsozlik” va Samarqand shahrida “Toshkentboshplan” loyiha instituti filiallari, shuningdek, 13 hududda 26 yetakchi loyiha tashkiloti ochildi. Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari hamda 14 qurilish kasb-hunar kolleji qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi.

Qabul qilingan maqsadli davlat dasturlari doirasida hamda davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, joylarda qator ijtimoiy soha obyektlari bunyod etilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent shahrining Islom Karimov, Furqat, Navoiy va Olmazor ko‘chalari oralig‘idagi hududda “Toshkent-siti” zamonaviy xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etilmoqda.

Mazkur markazda eng zamonaviy loyihalar va o‘ziga xos arxitektura yechimlari asosida uy-joylar, ofislar, biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish majmualari, milliy va zamonaviy uslubdagi infratuzilma obyektlari va boshqa inshootlar qad rostlaydi.

Xuddi shu kabi konsepsiya asosida Samarqand shahrida ham “Samarqand-siti” markazi qurilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi – Nurafshon shahrini mutlaqo yangicha yondashuv asosida va ilg‘or xorijiy me’morchilik yutuqlarini qo‘llagan holda barpo etish belgilangan. Ushbu shaharning bosh rejasi xalqaro miqyosdagi xorijiy arxitektorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Aholining hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va madaniy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida birgina Toshkent shahrining o‘zida “Ekopark”, “Do‘stlik bog‘i” va “Ashxobod bog‘i” kabi istirohat maskanlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, poytaxtimizda “O‘zbekiston” Milliy bog‘ini tubdan qayta qurish va yangi “Navro‘z” bog‘ini barpo etish bo‘yicha qurilish-bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Milliy boqqa tutash hududda “Adiblar xiyoboni” barpo etilmoqda.

Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab Toshkent shahrida me’moriy yodgorlik majmuasi va Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi hududida maqbara barpo etildi.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida Suzuk ota maqbarasi va hunarmandchilik markazi, Xastimom majmuasiga yondosh hududda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilmoqda.

Yig‘ilishda aholiga arzon va qulay uy-joylar barpo etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bu borada qishloq massivlarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga asosan 2017-yil 15 ming shunday uy-joy qurilmoqda. Bu maqsadlar uchun 2 trillion 35 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, qishloq aholisining talab-istaklari va uy-joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, joriy yilda qo‘shimcha ravishda 4 ming 610 namunaviy uy qurilmoqda. Buning uchun 574 milliard so‘m ajratilgan.

Bugungi kunga qadar 10 ming 431 arzon uy-joy foydalanishga topshirildi. Qolgan 9 ming 179 uy qurilishi dekabr oyida yakunlanadi.

Ushbu uy-joylar bo‘yicha muhtoj oilalarga 1 trillion 620 milliard so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari 15 yil muddatga ajratilmoqda.

Dasturni amalga oshirish natijasida 2017-yil 19 mingdan ortiq qishloq oilasi shahardagidan qolishmaydigan shinam va zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi. 2018-yil ham qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida qariyb 20 ming arzon uy barpo etiladi.

O‘z navbatida, joriy yilda shaharlarda namunaviy loyihalar asosida 7 ming 919 xonadonli 191 ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida 4 ming 88 kvartirali 102 ko‘p qavatli arzon va qulay uy-joy qurilmoqda. Mazkur xonadonlar uchun uy-joyga muhtoj aholi va yosh oilalarga 20 yil muddatga 751 milliard so‘m miqdorida imtiyozli ipoteka kreditlari taqdim etilmoqda.

Bugungi kunda 70 uyning qurilish ishlari yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatining Angren shahrida 9 qavatli 162 xonadonli 4 ta hamda poytaxtimizning Sergeli tumanida 2 ming 576 kvartiraga mo‘ljallangan 66 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazildi va xonadon egalariga kalitlar topshirildi. Qolgan ko‘p qavatli uy-joylarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yillik bayrami arafasida hamda dekabr oyi oxiriga qadar foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Dasturni amalga oshirish natijasida 2017-yil 8 mingdan ortiq shahar oilalari zamonaviy, shinam va qulay xonadonlarga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 2018-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturining yangilangan parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kelgusi yillarda quriladigan uylar soni 1,5-2 barobar ko‘paytirilgan. Xususan, 2018-yil jami 15 ming 172 xonadonga ega bo‘lgan 365 ta ko‘p qavatli uy qurish ko‘zda tutilgan.

Amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimining faoliyati tanqid qilindi va islohotlarni amalga oshirish sust olib borilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Sohaga doir normativ hujjatlar, jumladan, shaharsozlik qoidalari va qurilish me’yorlarining aksariyat qismi eskirgan, sobiq tuzum davridan qolib ketgan, dedi davlatimiz rahbari. Ushbu me’yorlarni zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha ko‘plab topshiriq berilgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda natijaga erishilmagan.

Jahon banki e’lon qilgan reytingda O‘zbekiston yer ajratish va qurilishga ruxsat olish pozitsiyasi bo‘yicha 135-o‘rinda bo‘lib, bu ishlarga o‘rtacha 246 kun vaqt ketishi ham qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirish zarurligiga yana bir yaqqol dalildir.

Shu bilan birga, shaharlarning bosh rejalari, qishloqlarda arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish talabga mutlaqo javob bermaydi. Xususan, 2011-2018-yillarda shaharsozlik hujjatlarini yangilash bo‘yicha dastur atigi 30-40 foiz bajarilgan yoki jami 1 ming 200 shahar va shaharchadan faqat 207 tasining (17 foizi) bosh rejasi mavjud.

Buning oqibatida shaharlar va tumanlarda o‘zboshimchalik bilan va chala loyihalar asosida qurish holatlari davom etmoqda. Bu esa mazkur aholi punktlari qiyofasi jiddiy buzilishiga olib kelmoqda, deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Shuningdek, yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan loyiha institutlari faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, bu borada ilg‘or chet el tajribasi joriy etilmayotgani tanqid qilindi. Jumladan, qurilish loyihalari sifati past, narxi esa asossiz ravishda yuqoriligicha qolmoqda. O‘z navbatida, bino va inshootlarni loyihalashtirishda ekologik jihatdan xavfsizlik va energiyatejamkorlikni ta’minlash masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Buning oqibatida aksariyat qurilayotgan bino-inshootlar bir qolipda va ko‘rimsiz bo‘lib, aholi punktlari qiyofasini o‘zgartirishga xizmat qilmayapti.

Yig‘ilishda qurilish va loyihalash bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati ham talabga javob bermasligi qayd etildi. Xususan, tizimdagi 500 ga yaqin vakant o‘rinlar, jumladan, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlaridagi 110 va loyiha tashkilotlaridagi 200 ga yaqin vakant shtatlarni to‘ldirishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, har tomonlama salohiyatga ega bo‘lgan professional qurilish-pudrat tashkilotlari shakllanmagani, ulardagi mavjud moddiy-texnik baza, moliyaviy manbalar tobora ortib borayotgan qurilish ishlari hajmini to‘liq qoplashga qodir emasligi alohida qayd etildi.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda shaharsozlik va qurilish qoidalarini yangilash va ixchamlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish, shuningdek, aholi punktlari bosh rejasini tayyorlash va tasdiqlash bo‘yicha yangi uch yillik dasturni hukumatga tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yer ajratish, qurilishni loyihalashtirish va foydalanishga topshirish bo‘yicha amaldagi qoidalarni qisqartirish va ochiq-oydin bo‘lishini ta’minlash yuzasidan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Qurilish-pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash hamda bosh loyiha institutlari tarkibiy tuzilmasi va kadrlar salohiyatini qayta ko‘rib chiqqan holda, zamonaviy arxitektura talablari asosida har qanday turdagi loyiha ishlarini amalga oshira oladigan tashkilotlarga aylantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda shaharlardagi ko‘p qavatli arzon uylar va qishloq joylardagi namunali uylarni sifatli qurish va muddatida topshirish, odamlarning bu uylarga ko‘chib kirishini tashkil etish ishlarini jadallashtirish vazifasi yuklatildi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, “Qishloq qurilish invest” va “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari rahbarlari Q.Hoshimbekov va Z.Narzullayev viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ushbu uylarning ko‘rsatilgan muddatda topshirilishi uchun shaxsan javob berishi belgilab qo‘yildi.

Yig‘ilishda qurilish materiallari, jumladan, sement, pishgan g‘isht, qurilish oynasi, chaqiq tosh va qum kabi noruda materiallarning narxlari oshib ketishi va bunga asosiy sabab bo‘lgan mahalliy ishlab chiqarish hajmi ichki talab va eksport uchun yetarli emasligi natijasida olibsotarlik avjiga chiqqani jiddiy tanqid qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi raisi B.Zaripovga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishni keskin oshirish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish narxlari o‘zgarishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish va shu orqali narxlarning asossiz ravishda oshib ketishining oldini olish, ichki talabni to‘liq qondirish va eksportni ta’minlash bo‘yicha hukumat qarorini tayyorlash va tasdiqlatish hamda uni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, bunyodkorlik ishlarini sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi