O‘zA O`zbek

12.04.2016 18:33:15 Chop etish versiyasi

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2016-yil 14-15-aprel kunlari amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiladilar.