Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 19:46 Chop etish versiyasi

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yil 16-17-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Toshkent shahrida ikki mamlakat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanadi.

881






Все о погоде - Pogoda.uz