Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.09.2017 19:26 Chop etish versiyasi

Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi Samarqandda

Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi Samarqandda Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiya 25 sentyabr kuni Samarqand shahriga keldi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari B.Alixonov, Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi T.Jo‘rayev kutib oldi.

Qozog‘iston parlamenti vakillari Samarqand bilan tanishuvni Hazrati Xizr majmuasi ziyoratidan boshladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi, Buyuk Yo‘lboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun jasorat ko‘rsatgan va mustaqillikni mustahkamlash, davlatni har tomonlama rivojlantirish uchun fidoyilik ko‘rsatgan buyuk siyosatchi ekanini ta’kidladi. Islom Karimovning o‘zbek va qozoq xalqlarining azaliy do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, davlatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdagi yuksak xizmatlari qayd etildi.

Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi Samarqandda

Mehmonlarga mazkur majmuaning bunyod etilishi va bu yerda qisqa fursatda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.

Qozog‘iston delegatsiyasi a’zolari Imom Buxoriy ziyoratgohida bo‘lib, yurtimizda buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini asrab-avaylash, o‘rganish, muqaddas islom dinining ma’rifiy g‘oyalarini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi, Bibixonim masjidi va Siyob dehqon bozoriga tashrif ham Qozog‘iston parlamenti Senati a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
845






Все о погоде - Pogoda.uz