Buxoro viloyatida 19-aprel kuni Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

O‘zbekiston uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradigan muhim uglevodorodli salohiyatga ega. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi barcha mineral zaxiralarning uchdan bir qismi O‘zbekistonda joylashgan. Mamlakatimiz gazni qazib chiqarish bo‘yicha dunyoning ilg‘or yigirmataligiga kiradi.

Bugungi kunda O‘zbekiston neft-gaz sanoati nafaqat yer osti boyliklarini qazib olish, balki xomashyoni qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqaruvchi majmualar tizimiga aylandi. Bu tarmoq yuksak rivojlangan sanoat ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha qator yirik korxonalarni birlashtirdi.

Hozirgi bosqichda tarmoqning asosiy iqtisodiy yo‘nalishlaridan biri uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash va undan qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport geografiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bu boradagi loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizga neft va gazni qazib chiqarishda yetakchi qator yirik chet el kompaniyalari jalb etilmoqda. Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qandim-Xauzak-Shodi-Ko‘ng‘irot” mahsulot taqsimoti bitimi doirasida bunyod etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir.

Ta’kidlash joizki, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muddatidan 8 oy avval qurib bitkazildi. Bundan roppa-rosa ikki yil ilgari 2016-yil 19-aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tgan edi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan edi. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishda 10 mingga yaqin ishchi-mutaxassis qatnashdi. Korxona foydalanishga topshirilgach, 2 mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratildi.

Qandim gazkondensat konlari guruhi negizida bunyod etilgan mazkur sanoat korxonasi O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining yuksak namunasidir. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Majmua to‘la quvvat bilan ishlaganda 212 ming tonna sof oltingugurt, 134 ming tonna barqarorlashtirilgan gaz kondensati olinadi, tozalangan tabiiy gaz eksportga yo‘naltiriladi.

Davlatimiz rahbari majmuaning texnologik jarayonini ko‘zdan kechirdi. Laboratoriya va markaziy boshqaruv pultida bo‘ldi.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga gaz qazib olish va yig‘ish tizimi, ikkita gazni qayta ishlash texnologik tarmog‘i, mahsulotlarni ortish va tashish uchun terminallar, magistral gaz quvuri orqali tabiiy gazni eksport qilish hamda muhandislik va energoresurslar bilan ta’minlash qurilmalari kiradi. Bu yerga gaz ikkita tabiiy gaz yig‘ish punktiga birlashtirilgan 114 quduqdan keladi.

Loyiha doirasida Qorako‘l tumanining olis cho‘l hududida 1 ming 150 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy shaharcha bunyod etildi. U yerda ishchilarning yashashi va dam olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Bundan tashqari, 500 kilometrlik texnologik va quvur tarmoqlari, 280 kilometrdan ortiq yo‘llar, 50 kilometrlik temir yo‘l, 272 kilometrlik elektr uzatish liniyalari barpo etildi.

Korxona ma’muriy binosida majmuaning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Unda Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak, “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, diplomatik korpus, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, zavod ishchi-muhandislari, yoshlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning yetakchi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgani, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekiston bilan Rossiya hamkorligi barcha sohada jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr Novak o‘qib eshittirdi.

“Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muhandisi Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov ushbu sana mamlakatimiz uchun tarixiy kun ekani, cho‘ldagi mo‘jizaga aylangan ushbu majmua O‘zbekistonda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan islohotlarning natijasi ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Qandim gazni qayta ishlash majmuasi faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi...

Buxoro viloyati katta sanoat, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyatga ega. Bu o‘z navbatida yangi majmuani samarali ishlatish uchun zamin yaratadi. Yangi korxona viloyat iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos lokomotiv bo‘libgina qolmasdan, butun mamlakatimizni uglevodorod mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini tubdan yaxshilash va eksport hajmini oshirish imkonini beradi. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-sentabrdagi 2016 – 2020-yillarda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida bu boradagi ishlar izchil rivojlantiriladi.

Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod ushbu ulkan loyihada Janubiy Koreyaning "Xyunday injenering" kompaniyasi asosiy quruvchi-pudratchilardan bo‘ldi. Hech shubhasiz, bu yangi sanoat kompleksi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi noyob sanoat obyektlaridan biriga aylandi.

– Biz bugun juda muhim voqeaga guvoh bo‘ldik, – dedi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. – Men ikki yil avval mana shu majmua poydevoriga tamal toshi quyilgan kunni mamnuniyat bilan eslayman. Rossiyaning "Lukoyl" va Koreyaning "Xyunday injenering" kompaniyalari katta qiziqish bildirgan mazkur loyiha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim bosqichdir. qandim loyihasi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston faqat tabiiy xomashyosi bilan cheklanmay, uni chuqur qayta ishlashda Qandim majmuasi katta imkoniyat yaratadi.

– Mazkur ulkan sanoat korxonasi O‘zbekiston, Rossiya va Koreya Respublikasi muvaffaqiyatli hamkorligining namunaviy loyihasidir, – dedi Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong U. – Qandim majmuasi O‘zbekistonda gazdan unumli foydalanish, uni eksport qilish ko‘rsatkichlari oshishiga salmoqli hissa qo‘shadi. O‘ylaymanki, muvaffaqiyatli amalga oshgan ushbu loyiha boshqa sohalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish jarayonida koreyalik investorlarning ishtiroki oshishiga katta turtki beradi.

Xulosa qilib aytganda, Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishi O‘zbekistonda gaz konlarini o‘zlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan neft-gaz sohasi rivoji mamlakatimiz iqtisodiy yuksalishi va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil bo‘ladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochildi