Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 17:30 Chop etish versiyasi

Prezidentimiz Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi

Prezidentimiz Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev mazkur tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvoli, turmush sharoiti bilan qiziqdi, ular bilan muloqot qildi.

Yangiyo‘l tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlashmasining ilk binosi 1912-yilda qurilgan. So‘nggi binosi 1979-yilda foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib shifo maskanining aksariyat binolari ma’nan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olishga majbur bo‘lmoqda.

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad odamlarni rozi qilish, salomatligini yanada mustahkamlashdir, dedi Prezidentimiz. Joylardagi ahvol bilan tanishayotganimiz, tibbiyot muassasalardagi sharoitlarni o‘rganayotganimiz kelgusida ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solishda yaxshi samara beradi.

Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi hududi salkam 10 gektarni tashkil etadi. Davlatimiz rahbari bu yerda yaqin kelajakda 5 gektarda 20 dan ortiq yo‘nalishda xususiy, qolgan qismida davlat tibbiyot muassasalarini tashkil etish, ularni eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA
15 363