O‘zA O`zbek

18.08.2018 14:59 Chop etish versiyasi

Prezidentlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi. Sohibqiron bobomiz ruhi pokiga Qur’on tilovat qilindi.

Ma’lumki, Amir Temur mintaqamizdagi o‘nlab o‘lkalarni ishg‘ol qilib, ulkan imperiya barpo etgan. Qo‘shni mamlakatlar, jumladan, hozirgi Tojikiston hududi ham ushbu davlat tarkibida bo‘lgan. Shu jihatdan, Sohibqiron tarixi xalqlarimiz uchun umumiydir.

Mehmonlarga Amir Temur hayoti, ushbu maqbara qurilishi haqida so‘zlab berildi.

Tojikiston Prezidenti o‘zi uchun Amir Temur va temuriylar davlati tarixiga oid yangi jihatlarni kashf etganini ta’kidladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2c72f02e-7411-a517-3160-0de7039187ed.jpg

f6e46339-7910-f9da-f25d-fae3d8d8ac5f.jpg

6cec8d04-7e25-64f0-6899-3047553c3d14.jpg

a79311c9-7612-bfa4-e7b7-268204bc749f.jpg

O‘zA
4 031