Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2019 yilning 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tashrifi davomida viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, aholiningtalab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘tgan 2018 yilning 13 aprelida viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va Sayxunobod tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishi yakuniga asosan viloyatni “2018-2019 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida umumiy qiymati 6,3 trillion so‘mlik, shundan 2,6 trillion so‘mi bank krediti va 230 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobidan 302 ta loyiha amalga oshirilib, 15 ming 458 yangi ish o‘rni yaratilishi belgilab olindi.

Bugungi kunda amalda umumiy qiymati 1 trillion 270 milliard so‘mlik 218 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 5 ming 170 yangi ish o‘rni yaratildi va o‘tgan 2017 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2,5 barobarga ko‘p investitsiyalar kiritildi. Ushbu loyihalarga tijorat banklari tomonidan 563 milliard 800 million so‘mlik bank krediti mablag‘lari ajratib berildi.

Dastur doirasida ishga tushgan loyihalardan iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lgan bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo Universal Oyna” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tibbiyotda ishlatiladigan shisha idishlar ishlab chiqarish, “Pharma Plast Holding” MChJ va “Grace pharma” MChJ tomonidan tibbiyotda bir martalik ishlatiladigan flakonlar va tayyor dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, viloyatda farmasevtika sanoati rivojlanib borayotganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, viloyat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga talabi ortib borayotganligi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirish maqsadida Mirzaobod tumanida “Sirdarinskiy bereg” va “Mirzaobod Universal Treyd” korxonalari, Xovos tumanidagi “Hoji Bahodirxon Ota” va “Hoji Gadoyboy ota” korxonalari tomonidan Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxonalar tashkil etildi.

Guliston shahrida “Akbar Biznes Stroy” MChJ tomonidan poyabzal ishlab chiqarish loyihasi, Mirzaobod tumanidagi “Farma Servis” MChJning muzlatkich va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashni tashkil etish loyihasi, “Mirzaobod broyler” MChJ tomonidan Germaniya texnologiyasi asosida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihalari ishga tushirildi.

Viloyat aholisiga zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun Guliston shahrida “Sardor Jamshid” va “Murodjon Shifo” xususiy tibbiyot maskanlari, Boyovut tumanidagi “Boyovut” xususiy sanatoriyasi, Sardoba tumanidagi “Sardoba Diagnostika” zamonaviy tibbiy diagnostika markazi tashkil etildi.

2018 yilda umumiy qiymati 74 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 barobardan ko‘pdir. Natijada 5 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilib, 105 yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2018 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalardan bugungi kunda 2 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, ulardan biri Mirzaobod tumanidagi “Dexqonobod asl anori” ishlab chiqarish korxonasi tomonidan anor sharbati ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo‘lsa, ikkinchisi Yangier shahridagi “FLY LED GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan LED lampalari ishlab chiqarish va “ Maks Vey” korxonasi tomonidan avtomobillarga tormoz kolotkalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalaridir.

Prezidentimizning navbatdagi tashrifi davomida ham viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda bergan topshiriqlarning ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish ko‘zda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi boshlandi