Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.Unda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, shuningdek, videokonferensaloqa vositasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshiradigan abituriyentlarni saralash talablarini takomillashtirish va ularni tayyorlovchi kollej hamda litseylarning faoliyatini samarali tashkil etish, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish, harbiylarning oilalari uchun viloyatlarda ko‘pqavatli uy-joylar bunyod etish va ularga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish, qo‘shinlardagi jangovar tayyorgarlik salohiyatini oshirish va tarbiyaviy ishlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
Batafsil ma’lumotlar bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.