Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.01.2018 15:23 Chop etish versiyasi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev harbiylar bilan uchrashdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev harbiylar bilan uchrashdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Janubi-g‘arbiy maxsus okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘ldi. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Harbiylar bilan muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Matbuot xizmati xabar qildi.

Mamlakatimizda yaqinda yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy armiyamiz jangovar qudratini yanada oshirish, xalqimiz tinchligini ta’minlashdir, dedi davlatimiz rahbari. Bundan tashqari, doktrinada O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyili, yaqin qo‘shnilar bilan do‘stona va amaliy munosabatlarni yanada rivojlantirish, davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi.

Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining o‘ziga xosligi, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy holatni hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlar birlashmalarining vazifa va tuzilmalari qayta ko‘rib chiqildi. Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan tizimli o‘zgarishlar asosida Qurolli Kuchlar akademiyasining faoliyati tubdan qayta tashkil etildi. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini qurol-aslaha, harbiy texnika va aloqa vositalarining zamonaviy turlari bilan ta’minlash ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi.

Harbiylarimiz jismoniy baquvvat, ma’naviyati yuksak, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirgan shaxslar bo‘lishi kerak, dedi Prezidentimiz. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimizga munosib tarzda xizmat qilishlaringiz lozim, toki yoshlarimiz vatanparvarlik va ona yurtga sadoqat tuyg‘ularida sizdan o‘rnak olsin.

Uchrashuvda harbiylarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan ta’minlash ishlarini yanada jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun joylarda tashkil etilgan harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini takomillashtirish lozimligi aytildi. Harbiylarimiz va ularning oilalari uchun barcha sharoit yaratib beriladi, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA
16 472