O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari o‘zining saylovoldi dasturida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Buxoro viloyatini ham rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishish va xalq bilan bevosita muloqot qilish ko‘zda tutilgan.

Buxoro asrlar davomida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelgan, haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor bo‘lgan muqaddas shaharlardan.

Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida Buxoroda betimsol bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. "Buxoro madaniy markazi", uning tarkibidagi "Qo‘hna va boqiy Buxoro" monumenti buxoroliklar va viloyatga keluvchi sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan.

So‘nggi yillarda bu boradagi ishlar viloyatda yanada keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 2016-yilda viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,9 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3, qurilish-pudrat ishlari 9,2, xizmat ko‘rsatish 15,2, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 7 foiz o‘sdi. Viloyat yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 10 loyiha amalga oshirilib, 107,8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.        

Viloyatda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi. Majmua tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash tizimi kiradi. Bundan tashqari, 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilgan bu loyiha O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishni yangi bosqichga ko‘taradi. Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish majmualaridan biri bo‘lgan ushbu zavodda 2 mingdan ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi.

2016-yil eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkent – Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektr poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bundan viloyat ahlining ko‘ngli ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi yanada mustahkamlandi.

Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi boshlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga keldi