Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Krantas Group” zavodiga tashrif buyurib, qurilish uchun maxsus texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

2008-yilda Toshkent tajriba eksperimental mexanika zavodi negizida tashkil etilgan “Krantas” va “Kranlar va maxsus texnika” korxonalarida 60 turdan ziyod maxsus texnika, jumladan, avtokranlar, kran manipulyatorlari, yonilg‘i va kislota tashuvchi avtotsisternalar, kommunal texnika, samosvallar, avtoustaxonalar, avtogidroko‘targichlar ishlab chiqarilmoqda. Import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ushbu texnika vositalari mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunda korxonalarda 645 ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Mahsulot hajmini oshirish, yangi uskunalar sotib olish va ishlab chiqarish sexlarini barpo etish hisobiga yana 150 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. 

Korxonalarda 2017-2018-yillarda yuk ko‘tarish quvvati 100 tonna bo‘lgan avtokranlar va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga mo‘ljallangan 8 tonnalik minorali kranlar ishlab chiqarish loyihalashtirilgan. Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibordan samarali foydalanib, joriy yilda korxonaning eksport hajmini 5 million dollarga yetkazish, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika vositalari va ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu kabi korxonalar mamlakatimiz sanoati rivojlanishining asosiy omillaridan biri ekanini ta’kidladi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika turlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan davlat dasturini qayta ko‘rib chiqib, maxsus texnika importini kamaytirish, shu kabi korxonalarda mahalliylashtirilgan maxsus texnikalar xaridini ko‘paytirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida kran va maxsus texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha yiliga 20-25 mutaxassis tayyorlovchi fakultetlar ochish va yoshlarni o‘qitish zarurligi qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Krantas” zavodiga tashrif buyurdi