Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumaniga tashrifi davomida bir qator iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq “Buxoroteks” AJ negizida paxta tolasidan kompakt ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha “Indorama Bukhara Textile” xususiy korxonasini tashkil etish loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 60 million, ikkinchi bosqichda 55 million dollar miqdoridagi invistitsiya kiritiladigan korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi va bu bilan 650 kishining bandligi ta’minlanadi.

Davlat rahbariga Buxoro viloyatida mavjud yaylov yerlardan samarali foydalanish to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Mazkur ma’lumot o‘z-o‘zidan viloyatda qorako‘lchilikni rivojlantirish loyihasiga ulandi. Buxoro viloyatida azaldan qorako‘lchilik rivojlangan. Lekin so‘nggi yillarda sohaga yetarlicha e’tibor berilmagani sababli qorako‘l teri ishlab chiqarish keskin pasaydi. Prezidentga sohadagi mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumot berilar ekan, ilmiy yondashuvning yo‘qligi bois qo‘ylarning nasli buzilgani qayd etib o‘tildi. Bundan tashqari, yaylovlarning qisqarishi, sug‘orish tizimlaridagi kamchiliklar, zarur texnika vositalari yo‘qligi asosiy omillar sifatida sanab o‘tildi.

c29f9323-2abc-0f3f-59c3-59e8dbe3cd58.jpg

Prezidentimiz muammolarning yechimi bilan qiziqdi. Mutaxassislar qorako‘lchilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berdi.

Shavkat Mirziyoyev ayni paytda faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar, olimlar, seleksionerlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha soha rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda “Komteks pposh” MChJ tomonidan qo‘y junini sanoat usulida qayta ishlash klasteri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha qiymati 24 milliard so‘m bo‘lib, yiliga 1500 tonna yuvib tozalangan jun, 425 tonna tayyor ip-kalava, 100 ming dona odeyal ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, 2018 yilda viloyatda amalga oshiriladigan parrandachilik loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim qilindi. Bu yo‘nalishda 32 ta loyiha amalga oshirilib, 252 ta ish o‘rni yaratiladi.

Loyihalar asosan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, istiqbolli maqsadlarni o‘zida aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. Pilla yetishtirish, asalarichilik, naslli echki boqishga ixtisoslashgan echkichilik kompleksi, zamonaviy issiqxonalar, agrosanoat logistikasi va savdo logistikasi markazlari tashkil etish loyihalari asosiy e’tiborda bo‘ldi.

Loyiha tashabbuskorlari o‘z rejalari haqida batafsil so‘zladi. O‘z navbatida davlat rahbari ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.

G‘ijduvon tumanida tut bargidan salomatlik uchun foydali choy tayyorlash loyihasi Prezident e’tiborini tortdi. Tut bargidan tayyorlangan choy afzalliklari unda kofein va tanin moddasi yo‘qligidadir.

-Bu eng samarali ishlab chiqarish loyihasi bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Sababi, uning noyobligi va inson organizmi uchun foydaliligida.

Loyiha bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Mahsulot 2019-yildan boshlab eksportga chiqarilishi mo‘ljallanmoqda.

Sistanxe va isiriq yetishtirishga alohida e’tibor berilgani viloyatda o‘ziga xos yangilik bo‘ldi. Sistanxe ildizi dorivor hisoblanib, xavfli o‘sma kasalliklarining oldini oladi. Shamollashga qarshi, immunitetni oshiruvchi xususiyatga ega. Yaponiyalik olimlarning ta’kidlashicha, bu o‘simlik jenshendan besh barobar kuchli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Qozog‘iston Markaziy Osiyoda bu o‘simlikni eksport qiluvchi yagona davlat sanaladi - yiliga 100-150 tonnagacha xorijga sotadi. Shu bois yangi loyihada mazkur o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ko‘zda tutilgan. 3 ming gektar yerda ularni yetishtirish 400 kishining bandligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, davlat rahbariga 2018-2020-yillarda viloyatda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish dasturi, Buxoro shahrida rekonstruksiya qilinayotgan kanallar haqida so‘zlab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini Buxoro viloyatida bajarish choralari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Jumladan, aholiga sifatli go‘sht yetkazib berish, chorvadorlikda qo‘llaniladigan vaksina va antibiotiklar, hayvonlarni sotish, sotib olish va o‘zaro ayrboshlashda sog‘lom va ishonchli muhit yaratish kabi masalalarga oydinlik kiritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mutassadilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentga qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar haqida ma’lumot berildi