Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Vatanparvar mahallasi hududidagi «Vatanparvar inoq kommunalchi» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishdi.

2010-yilda tashkil etilgan ushbu shirkat tumandagi eng namunali xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan biri. Shirkat joylashgan 38-uyning kirish yo‘laklari zamonaviy uslubda ta’mirlangan, uyga tutash hudud obodonlashtirilgan. Ko‘p qavatli uyning old qismi va yo‘laklarga videokuzatuv o‘rnatilgan. 60 xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatda kommunal tariflar aholi uchun qulay narxlarda ishlab chiqilgan.

Shirkatning o‘z mablag‘i hisobidan uch yil ilgari uyning tom qismi mukammal ta’mirlangan, yo‘laklarga zamonaviy eshiklar o‘rnatilgan. Uy oldida qurilgan avtoturarjoy shu yerda yashovchi aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Turli attraksionlar, o‘yin qurilmalari bilan jihozlangan bolalar maydonchasi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham bahri dilini ochadi.

Prezidentimiz xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari Svetlana Orlova bilan shirkat faoliyati, ko‘p xonadonli turar joylarda aholining uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashdi. Shirkat xodimlari va xonadon sohiblarining qo‘l mehnati bilan obod maskanga aylangan bunday shirkatlar tajribasini o‘rganish, uni boshqa tumanlarga ham keng targ‘ib etish zarurligi ta’kidlandi.

Ishlayman, yarataman degan odamga ko‘p narsaning keragi yo‘q, dedi davlatimiz rahbari. Oddiy qo‘l mehnati, ko‘pchilikning sa’y-harakati bilan o‘zi yashayotgan hududni shunday saranjom-sarishta, fayzli maskanga aylantirayotgan yurtdoshlarimiz ko‘payayotgani bizni quvontiradi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz ko‘p qavatli uylarda aholiga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi