Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.02.2017 14:05 Chop etish versiyasi

Prezidentimiz aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi loyihalar bilan tanishdi

Prezidentimiz aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi loyihalar bilan tanishdi Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bunyod etiladigan ko‘p qavatli arzon, zamonaviy uy-joylar, dehqon bozori va savdo kompleksi, zamonaviy istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida Termiz shahrida ko‘plab zamonaviy inshootlar, turar joylar qurildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 22-noyabrdagi qaroriga muvofiq Termiz shahrida 34 yetti qavatli arzon uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Bunday uylar aholi, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan ikki, uch va to‘rt xonali beshta uy Sulton Saodat ko‘chasida bunyod etilmoqda. 210 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy uylar uchun o‘n gektar yer ajratilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, mahalla markazi quriladi.

Prezidentimiz yangi uylarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligigacha foydalanishga topshirish, ularda aholining yashashi uchun barcha sharoit yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. 

Termiz shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida quriladigan dehqon bozori va savdo kompleksi loyihasiga 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Kompleksda dehqon bozori pavilyonlari, ikkita ko‘p qavatli zamonaviy supermarket, avtomobillar turar joyi qurish va yil oxirigacha foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Bunday yirik obyektlarni barpo etishdan maqsad xalqimiz turmush farovonligini oshirish, aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat, dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura va milliy me’morlik andozalari asosida qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Termiz shahrida yoshlar bog‘i barpo etiladi.  

Prezidentimiz bog‘ loyihasi bilan tanishar ekan, mazkur bog‘ni shahar aholisi farzandlari bilan sayr qiladigan, hordiq chiqaradigan maskanga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan  loyihani yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi.

Prezidentimiz Surxondaryo bo‘yida bunyod etilayotgan “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish markazi, bu yerda bolajonlar uchun tashkil etiladigan infratuzilma obyektlari loyihasi bilan ham tanishdi.

Matnazar Elmurodov, Xolmo‘min Mamatrayimov, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
3 619






Все о погоде - Pogoda.uz