Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.03.2018 12:07 Chop etish versiyasi

Prezident Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi

Prezident Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida XXR Davlat kengashi Bosh vazirining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik asosida kengaytirish va chuqurlashtirishdagi shaxsiy ishtiroki alohida qayd etilgan.

O‘zА
4 478