O‘zA O`zbek

29.08.2018 16:39 Chop etish versiyasi

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi
Mamlakatimizda bunyod etilayotgan yirik sanoat korxonalari iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toshkent metallurgiya zavodi shulardan biri.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni ushbu korxonaqurilishibilan tanishdi.

Loyiha qiymati 286,7 million yevrolik mazkur korxonaga Italiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilgʻor va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobil kuzovlari va maishiy texnika uchun metall listlar, metall cherepitsalar, profnastil tayyorlanadi. Korxona toʻliq quvvatda tushirilgach, yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 700 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi.

Prezidentimiz 2017-yil fevral oyidaushbu korxonaqurilishi loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar bergan edi.

Oʻtgan davr mobaynida bu yerda keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zavodning metall konstruksiyasi qurib bitkazildi.

Shavkat Mirziyoyev qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi, zavodning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi oʻrniga toʻxtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Ziyodulla Jonibekov, OʻzA
1 655