O‘zA O`zbek

06.04.2019 19:11 Chop etish versiyasi

Prezident Termiz xalqaro aeroportining yangi terminali bilan tanishdi

Prezident Termiz xalqaro aeroportining yangi terminali bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoev Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6 aprelь kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari ushbu nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko’zdan kechirdi.

Keng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu terminal soatiga 400 yo’lovchiga xizmat ko’rsatish quvvatiga ega. Bojxona nazorati, aviatsiya xavfsizligi va bagaj olish joylarida tezkorlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Kutish zallari, CIP zonalar, ona va bola xonalari, namozxona, tibbiy punkt va boshqa bo’limlarda yo’lovchilarning barcha ehtiyojlari inobatga olingan. Duty Free do’konlari, bepul Wi-Fi xizmati, chet ellik turistlar uchun viza olish sektori tashkil etilgan.

Prezidentimiz terminalda yaratilgan sharoitlarni ma'qullab, endi bundan samarali foydalanish, xalqaro reyslar va chet ellik sayyohlar oqimini ko’paytirish, xizmat ko’rsatish sifatiga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi. Yangi uchish-qo’nish yo’lagi barpo etish loyihasi bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

4d32c358-eaf4-5ab1-ad00-c2c702b3bc41.jpg


fb086128-a519-191d-6f35-2729b22d7e6b.jpg

241883f7-4468-60e6-c7da-29e0c69b649e.jpg


O’zА
1 355